Hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holatda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan 2026/2027 o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilari uchun qabul parametrlari belgilandi.
Unga ko‘ra 516 ta texnikumga 152 ta kasb bo‘yicha jami 184 207 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
➖ kunduzgi ta’lim shaklida— 130 247 ta;
➖ dual ta’lim shaklida— 53 960 ta.
Umumiy kvotaning 1300 tasi 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlariga o‘quvchilarni davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish uchun ajratilgan.
📌Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun kvotalar to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan.
Muzrabot tumani 1-son texnikumi 2026-2027 qabul parametrlari haqida ushbu rasm orqali tanishing!