Orqaga

Buyuk shoir, davlat arbobi va sarkarda — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi

16 February, 2026
07:04
35 ko'rildi

🏫 Buyuk shoir, davlat arbobi va sarkarda — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

📌Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Sahna chiqishlarida uning bolalik va yoshlik davri, mashaqqatli hayot yo‘li, yurtga muhabbati hamda jasorati ta’sirchan tarzda ifoda etildi. O‘quvchilar ijrosida yangragan g‘azallar esa yig‘ilganlarga ma’naviy zavq ulashdi va tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Ishtirokchilar buyuk ajdodimizning boy ma’naviy merosi haqida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar. 

📌Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, ajdodlar merosiga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

O'xshash Yangiliklar