Orqaga

Ustoz va murabbiylar — e’zoz va ehtiromda

17-oktabr, 2026
04:22
71 marta ko‘rildi

1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Muzrabot tuman 1-son texnikumida ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, o‘zgacha shukuh va tantana bilan bo‘lib o‘tdi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayram tadbiri — sahnadagi chiqish Bayram tadbirida ishtirok etgan ustozlar va talabalar

🎉 Bayram tadbiri davomida ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnati, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi fidoyiligi alohida e’tirof etildi.

🎓 Tadbir davomida yangragan samimiy tilaklar, dil so‘zlari, kuy-qo‘shiqlar va bayramona chiqishlar ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromning yorqin ifodasiga aylandi.

✨ Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — kasb bayramingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va kelajak avlod tarbiyasidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va mo‘tabar ustozlar! 🎓

Boshqa yangiliklar